1

Marg`ilon shahrida “Gentra” avtomashinasini olib qochgan shaxslar qamoqqa olindi

Jinoyat 07.11.2020, 16:42
Teglar: Gentra, Marg`ilon
Marg`ilon shahrida “Gentra” avtomashinasini olib qochgan shaxslar qamoqqa olindi

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida eshiklari qulflanmagan holatda qarovsiz qoldirgan «Gentra» rusumli avtomashinani olib qochgan jinoiy sheriklar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko`ra, 9 oktyabr kuni «Yovqochar» MFY hududida yashovchi fuqaro B.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib bu haqda ma`lum qilgan. Uning murojaatiga asosan 8 oktyabr kuni soat 10:00 larda noma`lum shaxs xonadon oldida eshiklari qulflanmagan holatda qarovsiz qoldirgan «Gentra» avtomashinasini olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.Q., M.A. va T.Sh. sodir etgani aniqlanib, ularga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Ma`lumot uchun, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Sharhlar

Marg`ilonda dahshatli avtohalokatda 21 yoshli haydovchi halok bo`ldi

20.04.2024, 20:49

Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. Kecha 19 aprel kuni 1986 yilda tug`ilgan haydovchi M.T....
Marg`ilon shahrida "Damas” avtomashinasini sotib olishga kelishgan shaxs pullarni bermadi

05.11.2020, 11:44

Marg`ilon shahri. 2018 yilning dekabr oylarida Q.O`. tanishi U.O.ning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan ”Damas” rusumli avtomashinasini 6000 AQSh dollari evaziga sotib olishga kelishib, avtomashina pullarini...
Samarqandda “Gentra” avtomashinasini olib qochgan shaxs ushlandi

04.11.2020, 08:31

25 yoshli xodim yuvish uchun qoldirilgan mijozning “Gentra” avtomashinasini olib qochdi. Uni ushlash uchun mashina oynasi sindirishga to`g`ri keldi.Samarqandda avtomashina yuvish shoxobchasi xodimi mijozning avtomobilini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1