1

Isuzu avtobuslari ichra joylashgan «Aqlvoy» mobil MTT sari sayohat!

Jamiyat 07.11.2020, 17:58
Teglar: Aqlvoy, Isuzu
Isuzu avtobuslari ichra joylashgan «Aqlvoy» mobil MTT sari sayohat!
 

Isuzu avtobuslari ichra joylashgan «Aqlvoy» mobil MTT 2019 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Hozirda tuman bo`yicha uchta hudud — «Registon», «Do`stlik», «Iftixor» mahallalariga boradi. Ta`kidlanishicha, ushbu hududlardagi avtobus marshrutining har bir nuqtasi to`siqlar, kursi, arg`imchoq, o`yingoh va bolalar maydonchalari bilan jihozlangan.

Mobil bog`cha guruhlari uchun haftalik mashg`ulotlar jadvali quyidagicha taqsimlangan: Dushanba—payshanba kunlari tumanning «Do`stlik» mahallasida; Seshanba—juma kunlari tumanning «Iftixor» mahallasida; Chorshanba—shanba kunlari «Registon» mahallasida tashkil etiladi.  Ushbu avtobusda tashkil etilgan bog`chaga har bir hududdan 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan 32 nafar bola qamrab olingan bo`lib, tumanda jami 96 nafar bola bepul ta`lim oladi. Mashg`ulotlar vaqti 3,5 soatni tashkil etib, ikki smenada faoliyat olib boradi. Birinchi smena soat 8:00 dan 12:30 ga qadar, ikkinchi smena esa 13:30 dan 17:00 gacha qabul qilinadi. Ta`kidlanishicha, mashg`ulotlar Maktabgacha ta`lim vazirligining «Ilk qadam» dasturi asosida olib boriladi.

«”Aqlvoy” avtobuslari an`anaviy tarzda chekka qishloq va hududlar bo`ylab harakat qiladi. Bu erda vaziyat o`zgacha: avvaliga MTT bo`lib ishlagan ushbu tashlandiq bino ta`mirlash bo`yicha investisiya dasturiga kiritilgan. U davlat byudjeti hisobidan ta`mirlanadi va foydalanishga topshiriladi. Unga qadar esa, MTV „Aklvoy avtobuslari ko`rinishidagi maktabgacha ta`limning muqobil shaklini qo`llamoqda. Bu erda bolalarimiz qiziqarli o`yinlar o`ynab, darslar o`tadilar», - deya ta`kidladi, Qaxramon Olimov, Maktabgacha ta`lim vazirining birinchi o`rinbosari.

  Shuningdek, respublikada bunday mobil bog`chalar soni jami 16 tani tashkil etadi. Loyiha Maktabgacha ta`lim vazirligi tashabbusi bilan «UzAuto» va Turin universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan bo`lib, faoliyati yo`lga qo`yilgan 16 ta mobil MTTga avtobuslar «UzAuto» tomonidan topshirilgan. Hozirda «Isuzu»dan tashqari Xitoyning «Yutong» rusumli avtobusida ham shunday bog`cha tashkil etish rejalashtirilmoqda.Avtobus yo`nalishining har bir nuqtasi soyabonli uyingoh bilan jihozlangan. Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyati MT tizimi xodimlari va Turin politexnika universiteti talabalari birgalikda bu joylarda obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ishlarini olib bordilar.  

Avvalroq, Quyichirchiqda 160 o`ringa mo`ljallangan yangi MTTning tantanali ochilishi bo`lib o`tgani haqida xabar qilingan edi.

                                   MARYaM SATTOROVA

                                         "Darakchi" muxbiri

 

Sharhlar

Qashqadaryoda "Isuzu"ga urilgan "Lacetti" yonib ketdi. 4 kishi halok bo`ldi

05.08.2021, 18:44

Dehqonobod tumanida Toshkent shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lasetti Xorazm viloyatida yashovchi haydovchi boshqarib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi bilan to`qnashdi. Kelib chiqqan yong`in natijasida Lasetti avtomobilidagi...
"GAI xodimlari meni urdi". Toshkentda sodir bo`lgan voqeaga IIBB izoh berdi

17.07.2021, 16:46

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma`lum qilishicha, joriy yilning 14 iyul kuni soat 16:00larda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX  inspektorlari...
"Aqlvoy" telekanali 22 martdan boshlab efirga uzatiladi

20.03.2021, 16:37

"Aqlvoy" yangi o`quv-ko`ngilochar telekanali 22 martdan boshlab butun mamlakat bo`ylab efirga uzatiladi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi xabar berdi.Vazirlikning xabar berishicha, yangi telekanal:tasavvur va qiziquvchanlikni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1