Yashnobod tumani huquqni muhofaza qilish organlariga 45 yoshli Dilmurod D. murojaat qilib, avgust oyida undan bir hafataga jami 11.500.000 so`mlik 18 ta qurilish havozalari va 10 ta taxta olgan 27 yoshli Mirabbos M.ga nisbatan chora ko`rishni so`radi. Mirabbos ijaraga olgan narsalarni hanuz qaytarib bermagan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu bo`yicha tergov ishlari davom etmoqda. |
09.11.2020 11:14
Yashnobodda IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan firibgarlik bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi
