AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`on tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi

'Oqqo`rg`on tumani hokimiga yangi o`rinbosar tayinlandi'ning rasmi
Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari — iqtisodiy tarraqiyot va kambag`allikni qisqartirish bo`limi boshlig`i etib Shintemirov Qosim Safarbekovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lumot uchun, Sh. K. Saparbekovich 1984 yil 2 iyunda Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida tug`ilgan. 2006 yilda Toshkent avtomobil-yo`llar institutining menejment yo`nalishini tamomlagan.

Sh.K. Saparbekovich turli rahbarlik vazifalarida ishlagan, 2020 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Oqqo`rg`on tumani bo`limi boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

 
  
  
  
  

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar