AsosiyJamiyat

Chet elda ishlab kelgan fuqaroga qancha miqdorda pensiya belgilanadi?

'Chet elda ishlab kelgan fuqaroga qancha miqdorda pensiya belgilanadi?'ning rasmi

Ushbu savolga  Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi bo`limi boshlig`i Abror Xolmatov javob berdi.

«Pensiyalar — yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi va boquvchisini yo`qotganlik haqidagi pensiyaga bo`lingan. Shuni adashtirmaslik kerak.

 Nafaqa bu pensiya emas. Ko`p ijtimoiy tarmoqlarda nafaqa va pensiya tushunchalarini chalkashtirib yuborishadi. Bu ikki xil narsa. Nafaqa — ish staji yo`q odamga beriladi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan mablag`. Pensiyada esa — shu fuqaro faqat pensiya jamg`armasiga o`z hissasini qo`shgandan keyingina, unga pensiya tayinlanadi.

Bu nima degani? Chet elda ishlayotgan fuqaro ixtiyoriy tarzda jamg`armaga o`z hissasini qo`shsa, qonunchilikda belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqlarni o`tkazgan taqdirda, ushbu fuqaroning ish staji hisoblanadi. Va to`langan mablag`laridan kelib chiqib, pensiya miqdori belgilanadi.

Misol uchun, bir fuqaro chet elda, deylik Rossiyada ishlab keldi. U (erkak) 25 yillik ish stajiga ega. Ijtimoiy sug`urtalangan ish staji bor. Va bundan tashqari chet elda ishlagan 5 yillik ish staji bor.

Pensiya jamg`armasiga to`lanadigan ixtiyoriy ijtimoiy to`lov summasining yuqori pog`onasi belgilanmagan, minimumi belgilangan. Kami bilan buncha to`laysan, ko`pi bilan xohlaganingcha to`lagin, deb qo`yganmiz.

 Fuqaroning o`zi uchun pensiya ko`proq kerakmi? Marhamat, pulingiz bormi, 111 ming so`m emas, 1 mln so`m to`lang. Albatta, 1 mln so`m to`lagan (chet elda ishlab kelgan) fuqaroning pensiyasi bilan 111 ming so`m to`lagan fuqaroning pensiyasi ikik xil bo`ladi.

Demak, o`sha fuqaro ish stajini bajarsa, pensiya jamg`armasiga qancha ko`p pul o`tkazsa, bu fuqaroning pensiyasi ham ko`proq bo`ladi».

 
 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar