Avval xabar berilganidek, «O`zbekneftgaz» AJ «UNG» milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`i orqali sotilayotgan neft mahsulotlarining narxini arzonlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bu haqda “UNG Petro” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi. 10 noyabrdan boshlab ushbu AYoQShlardagi import qilingan Ai-95 narxi 6.600 so`mdan 6.300 so`mga arzonlashtiriladi.
AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin. |
09.11.2020 21:10
«UNG Petro» neft mahsulotlarining narxini yana arzonlashtirmoqda
