Hukumatning tegishli qarori (30.04.1999 y) bilan, bojxona yig`imlari stavkalari tasdiqlandi.Bu haqda O`zA xabar bermoqda. Yangi bojxona yig`imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi: davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat`iy belgilangan bojxona yig`imlari stavkalari belgilanadi; ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog`liq ayrim turdagi bojxona yig`imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi; tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig`imi stavkalari pasaytiriladi; bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni etkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma`muriy javobgarlik o`rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig`imi joriy etiladi. |
10.11.2020 22:37
Bojxona yig`imlarining yangi stavkalari tasdiqlandi
