AsosiyDunyo

Moskvada shahrida yana karantin qoidalari kuchaytirilmoqda

'Moskvada shahrida yana karantin qoidalari kuchaytirilmoqda'ning rasmi

Rossiya poytaxti Moskva shahri meri Sergey Sobyanin koronavirus bilan kasallanish holatlari sonining ortgani sababli shaharda yangi cheklov choralari joriy etilishini deya ma`lum qildi.

Moskvadagi OTM va kollej talabalari masofaviy ta`limga o`tadi. Moskva hukumati federal va xususiy OTMlar va kollejlarga ham shunday tavsiya bergan. Bundan tashqari, masofaviy ta`limga o`tgan talabalar va o`quvchilarga uyda qolish tavsiya qilinadi.

Shu bilan birga, Moskva hukumati umumiy ovqatlanish shoxobchalari (restoran, kafe, barlarga), shuningdek, tungi klublarga, karaoke, bouling klublariga soat 23:00 dan 06:00 gacha ishlashni taqiqladi. Shu bilan bir vaqtda mazkur muassasalarga taom olib ketish va etkazib berish xizmatlari uchun ishlashga ruxsat berilgan.Shuningdek, tomoshabinlar ishtirokidagi madaniy, ko`ngilochar va ma`rifiy tadbirlar to`xtatiladi, shahar ma`muriyati tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlar bundan mustasno. Tomoshabinlar ishtirokidagi sport tadbirlari faqat Moskva meriyasi roziligi bilan o`tkazilishi mumkin.

Teatr, kinoteatr va konsert zallarida tomoshabinlar soni umumiy sig`imning 25 foizidan oshmasligi belgilangan. Bundan tashqari, binolar ichida joylashgan kunlik bolalar oromgohlari va bolalar ko`ngilochar markazlarining ishi to`xtatiladi. Qayd etilishicha, bolalar uchun ko`ngilochar tadbirlarni ochiq havoda o`tkazishga ruxsat berilgan.Barcha cheklovlar ikki oy davomida — 2020 yilning 13 noyabridan 2021 yilning 15 yanvarigacha amalda bo`ladi. Moskvada 9 noyabr kuni COVID-19 bilan kasallanish bo`yicha kunlik antirekord qayd etilgan — 6897 nafar bemor aniqlangan. Avvalgi antirekord 7 mayda qayd etilgan bo`lib, o`shanda bir kunda 6703 kishida kasallik aniqlangan. 10 noyabr kuni Moskvada 5902 kishida kasallik qayd etilgan.

Koronavirus pandemiyasi boshidan buyon Moskvada 480 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, ulardan qariyb 347 ming nafari tuzalgan, 7429 kishi kasallik qurboniga aylangan. Ayni paytda Moskvada 126 750 kishi koronavirusdan davolanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar