1

Namanganda pora olayotgan MIB xodimi DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi

Jinoyat 11.11.2020, 08:21
Teglar: Namangan DXX
Namanganda pora olayotgan MIB xodimi DXX va prokuratura xodimlari tomonidan ushlandi

Namangan viloyatida DXX va prokuratura xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Tadbir davomida Majburiy ijro byurosining tuman bo`limi boshlig`i o`rinbosari mahalliy tadbirkordan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma`lum bo`lishicha, 2019 yil tadbirkorga qarashli MChJ faoliyati soliq idoralari tomonidan tekshirilib, soliq qarzdorligi aniqlangan va uni undirish uchun to`plangan hujjatlar MIBga yuborilgan.

MIBning tuman bo`limi boshlig`i o`rinbosari esa 3 ming AQSh dollari evaziga qarzdorlikni yopishini aytib, vositachi orqali tadbirkordan avval 1000 AQSh dollari va 2,2 million so`m pulni olgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Samarqandda kollejga kiritib qo`yish evaziga fuqarodan 400 dollar olayotgan shaxs, Buxoroda YHXB xodimiga 400 ming so`m pora bermoqchi bo`lgan haydovchi hamda Buxoro viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshlig`i pora olayotganda qo`lga olingan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1