AsosiyJinoyat

Farg`onada o`zganing bog`idan 4.500.000 so`mlik uzumni o`g`irlagan shaxslar qamoqqa olindi

'Farg`onada o`zganing bog`idan 4.500.000 so`mlik uzumni o`g`irlagan shaxslar qamoqqa olindi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida birovning mehnatiga ko`z olaytirib, 4,5 mln so`mlik uzum meva mahsulotini o`marib ketgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

 Voqea 4 noyabr kuni Al-Farg`oniy ko`chasidagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan. Ushbu uyda yashovchi fuqaro Yu.I. IIBga murojaat qilib, unda 03 noyabr kunidan 04 noyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs yashash xonadoni ko`cha qismida joylashgan uzum tokidan jami narxi 4.500.000 so`mlik 300 kg uzum meva mahsulotlarini ravishda o`g`irlab ketgani haqida ma`lum qilgan. IIB xodimlaridan uni topishda yordam berishlarini so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni K.O`.. A.I., N.D., S.A. hamda N.F.lar sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar