1

Farg`onada "Lirika" savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxs daliliy ashyolar bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 11.11.2020, 16:00
Farg`onada "Lirika" savdosi bilan shug`ullanuvchi shaxs daliliy ashyolar bilan qo`lga tushdi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida Milliy gvardiya, DXX va IIB xodimlari hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o`tkazildi.

 Unda Uchko`prik tumani Toshkentliguzar qishlog`ida joylashgan chorrahada davlat raqami 40 T 826 RA bo`lgan "Damas" avtomashinasi to`xtatilib, haydovchisi fuqaro A.I. ishtirokida ko`zdan kechirilganda avtomashina orqa o`rindig`ida 1 (bir) dona qora rangli selofan xaltadagi 20 dona qutida 80 dona blister jami 1120 dona “LIRIKA 300 mg” dori vositalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo`yilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan shahar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1