1

Qorako`l tumanida o`g`irlik jinoyatini sodir qilgan shaxs fosh bo`ldi

Jinoyat 11.11.2020, 19:38
Teglar: Qorako`l
Qorako`l tumanida o`g`irlik jinoyatini sodir qilgan shaxs fosh bo`ldi

 

2020 yil 27 oktyabr kuni Qorako`l tumani Ichki ishlar bo`limi navbatchilik qismiga, tumanning Ziyorat MFY Yakkalam qishlog`ida yashovchi, “Bozorov Sirojiddin” fermer xo`jaligi ishchisi, 1972 yilda tug`ilgan G.Sh. ariza orqali murojaat qilib, 2020 yil 1 oktyabr kunidan 21 oktyabr kuniga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs uning yashash uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, uyining yotoqxonasidagi javonda bo`lgan 2050 (ikki ming ellik) AQSh dollarini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan. Bu haqda IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Qorako`l tumani Ziyorat MFY.da yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan X.Sh. sodir qilganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi.

Hozirgi kunda gumonlanuvchi X.Sh.ga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1