Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko`ra, mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 24 mln. 824,3 mingtani tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 6,9 % ga yoki 1 mln. 598,1 mingtaga o`sgan. Shu jumladan, aholida 23 mln. 363,0 mingta abonentni tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 % ga yoki 852,2 ming abonent soniga oshgan. Mobil aloqa tizimiga ulangan eng ko`p abonentlarga ega bo`lgan hududlar: Toshkent shahri – 4,8 mln. abonent Farg`ona viloyati – 2,8 mln. abonent Samarqand viloyati – 2,3 mln. abonent Andijon viloyati – 2,1 mln. abonent. |
11.11.2020 22:23
O`zbekistondagi mobil aloqa abonentlari qanchaga yetgani ma`lum qilindi
