10 noyabr kuni viloyat IIB hamda Qo`qon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida A.Navoiy mavzesidagi ko`p qavatli uyning yonida joylashgan fuqaro T.D.ga tegishli bo`lgan oziq-ovqat do`konining omborxonasida 4 dona har birining narxi 250.000 so`m bo`lgan “9D” nomli, 16 dona har birini narxi 40.000 so`mdan bo`lgan “7SHOTS” nomli, 960 pachka har birining narxi 2.600 so`mdan bo`lgan “Treniya” nomli, 480 pachka har birining narxi 2.600 so`mdan bo`lgan “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan qo`shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlikt to`g`risidagi kodeksning 185-1-moddasiga (“Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi”) muvofiq, Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-1-moddasiga (“Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi”) muvofiq, yuqoridagi harakatlarni ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin takror sodir etish uchun jinoiy javobgarlik ko`zda tutilgan deya xabar berdi. Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.