AsosiyJamiyat

IShID fitnasiga aldangan o`zbek ayolining achchiq armoni (2-qism)

1-qism quyidagi manbada

Mutaxassislar, "IShID" tomonidan nazorat qilinuvchi hududlarda bo`lgan ayollarning asosiy xotiralari qo`rquv va tahqirlashlardan iborat ekanini ta`kidlashadi. Jumladan, jabrdiyda yurtdoshlarimizdan birining aytishicha, u orzusidagi turmush o`rtoqni ijtimoiy tarmokdagi "dugona"si orqali Turkiyadan topgan. Unga turmushga chiqish maqsadida Turkiyaga etib borgan va aslida "IShID"ga odam yollash bilan shug`ullanuvchi shaxsga turmushga chiqqan. Turmush o`rtog`i ayolni o`zi bilan birga Suriyaga borishga majbur qilgan.

Ayol “IShID" xududlarida erkaklar diniy adabiyot o`rganish va harbiy mashg`ulotlar bilan shug`ullanishlari, ayollar esa qo`ldan-qo`lga o`tishi mumkin bo`lgan xizmatkor vazifasini bajarishlari, bitta qizning navbati bilan bir nechta jangarining xotini bo`lgani, vafot etgan jangarining zavjasi  va farzandi esa boshqa jangarilarning ixtiyoriga o`tganiga guvoh bo`lgan.

Bundan tashqari, ishonchli ma`lumotlarga ko`ra, "IShID" xududlarida tashkil etilgan qul bozorlarda ayollar yoshi, tashki ko`rinishi va salomatligiga qarab baholanadi. Xususan turmush qurmagan, bokira xamda balog`at yoshiga etmagan qizlar uchun juda qimmat narx belgilanadi. Har bir sotib olinayotgan ayol bozorning o`zida tibbiy xodimlar tekshiruvidan o`tadi. Hattoki qariya ayollarga ham muayyan narx evazigsha sotilish mumkin. Shuningdeq, mazkur “davlat” hududida bo`lib qaytganlarning hikoya qilishicha,  aksariyat ayollar va yosh bolalarning tana a`zolari ularning roziligisiz  donorlik uchun olinar,  o`zlarini esa duch kelgan joyda ko`mib ketisharkan. Bunday holatlar barchani dahshatga solishi muqarrar.

Davomi bor...

    Boshqa yangiliklar