AsosiyJamiyat

«12 ming so`mlik elektr toki bilan 300 km yuradi» — O`zbekiston sharoitida Xitoy elektromobili sinalmoqda

'«12 ming so`mlik elektr toki bilan 300 km yuradi» — O`zbekiston sharoitida Xitoy elektromobili sinalmoqda'ning rasmi

Toshkentdagi Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoyning «Henan Suda» kompaniyasi elektromobillarini O`zbekiston sharoitida sinash ishlarini olib bormoqda. Bu haqda "Yangi O`zbekiston" xabar berdi.

Shu maqsadda 2019 yilda 20 ta elektromobil, zaryadlash qurilmalari va ehtiyot qismlari olib kelingan.

Avtomobilga 40 kVt quvvatli generator o`rnatilgan. 5-6 sekundda 100 km/s tezlikka ko`tarila oladi. Eng yuqori tezligi esa 220 km/soat.

Akkumulyator to`liq quvvatlansa, 300 kilometrgacha harakatlana oladi. Xitoyda bu avtomobilning yangi versiyalarini ham ishlab chiqarish boshlangan. Ular to`liq zaryad bilan 500-600 km uzoqlikka yura oladi.

Uyda 220 voltli zaryadlash qurilmasida yoki 380 voltli katta zaryadlash stunsiyasida quvvatlash mumkin.

Boshqa yangiliklar