17 noyabrda Andijon viloyatining Andijon tumani markaziy bozorida yong`in yuzaga kelgani haqida xabar bergan edik.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i holat yuzasidan rasmiy ma`lumotlarni e`lon qildi.
2020 yil 17 noyabr kuni soat 21-15 larda Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylashgan “Yorboshi vodiy savdo” MChJga tegishli bo`lgan oshxona va savdo do`konlarining umumiy 692,9 kv/m. qismi yonib, taxminan 1 mlrd. so`mlik zarar etkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og`ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo`lgan yong`in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.






