“Daryo” nashri ijtimoiy tarmoqlardagi ma`lumotlarga asoslanib, keyingi kunlarda hukm surgan iliq ob-havo sababli tabiatda ro`y bergan uyg`onish haqida hikoya qiluvchi xabar va fotolar e`lon qildi. Ulardan birida 16 yanvar, shanba kuni Chirchiqda olingan surat joylashtirilgan bo`lib, unda boychechak gullaganini ko`rish mumkin.
«Daryo» mobil muxbirlaridan biri esa Toshkentning Mirzo Ulug`bek tumanida binafsha va boshqa gullarning gullaganini ma`lum qildi.