Namangan viloyatining Pop tumanida ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu hodisa haqida Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Voqea 15 noyabr kuni soat 04:00 larda Pungon-Namangan yo`lining 33-kilometrida sodir bo`lgan. "Lasetti" avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, shu yo`nalishda o`zidan oldinda yo`lning o`ng tomon qatnov qismida to`xtab turgan "Damas" avtomashinasining orqa tomoniga kelib urilgan.
Natijada, "Damas" avtomashinasida bo`lgan haydovchining otasi tan jarohati olib shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 15 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






