AsosiyJamiyat

Andijonda 255 000 dona pirotexnika vositalari savdosiga chek qo`yildi

'Andijonda 255 000 dona pirotexnika vositalari savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi huqubuzarlik o`z vaqtida fosh etildi. Bu haqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Andijon viloyati Oltinko`l tumanida o`tkazilgan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishini oldini qaratilgan tezkor tadbir davomida fuqaro (1979 yilda tug`ilgan) T.D o`ziga tegishli 255 600 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini shartli xaridorga pullayotgan vaqtida huquqbuzarlik ustida to`xtatib qolindi. 

Tadbir davomida umumiy qiymati 63 900 000 so`mlik pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. 

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko`zda tutilgan. 

Xususan, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1851-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo`natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O`zbekiston Respublikasiga olib kirish (O`zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o`tkazish - huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi. Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun jinoiy javobgarlik ham belgilangan. 

 Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvi va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Boshqa yangiliklar