AsosiyJamiyat

Bugun saharda Sirdaryodagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan katta yong`inda ota-bola yonib ketdi

'Bugun saharda Sirdaryodagi xonadonlardan birida sodir bo`lgan katta yong`inda ota-bola yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, saxar soat 03:00larda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko`chasi 23-uyda katta yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.  

Keltirilishicha, Sirdaryo tumani FVB navbatchi-dipetcherlik xizmatiga Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko`chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan (vremyanka) xonaning 38 kv.m. maydonida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida habar kelib tushgan. Yong`in joyiga, jangovar ekipajlar soat 03 dan 18 daqiqa o`tganda etib borib, 03 dan 21 daqiqa o`tganda qurshab olingan va 03 dan 55 daqiqa o`tganda bartaraf etilgan.  

Yong`in natijasida, yashash uyi ichida bo`lgan, uy egasi 1974 yilda tug`ilgan M.I. va uning o`g`li 2001 yilda tug`ilgan M.Qlarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.  

Shuningdek, yong`in sodir bo`lgan xonadonda bo`lgan uy egasining o`g`li 2004 yilda tug`ilgan M.Q va uy egasining jiyani 2006 yilda tug`ilgan S.Qlar kuyish tan jarohati olganlar.  

Yong`inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hozirda holat bo`yicha tuman Prokuraturasi va tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

"Fuqarolarimizdan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini so`rab qolamiz. O`zingiz va yaqinlaringiz xavfsizligiga befarq bo`lmang!" deyiladi Boshqarma xabarida. 

    Boshqa yangiliklar