AsosiyJamiyat

Shunday sovuq kunlarda Toshkentning katta qismi vaqtincha issiqlik ta`minotisiz qoladi

'Shunday sovuq kunlarda Toshkentning katta qismi vaqtincha issiqlik ta`minotisiz qoladi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelgan.

Shu sababli quyidagi manzillarda joylashgan barcha aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob`ektlariga vaqtincha issiqlik energiyasi etkazib berishi to`xtatildi.  

— Sebzor ko`chasi;

— G`afur G`ulom ko`chasi;

— O.Bobojonov ko`chasi;

— Qora Qamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/5, 2/1mavzelari;

— Muxbir ko`chasi;

— Niyozov ko`chasi;

— A.Hidoyatov ko`chasi;

— S-12, S-15, S-16, S-17 mavzelari.

Ayni paytda issiqlik tarmog`idagi avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu manzilga zarur texnika va ishchi-mutaxassislar jalb etilgan, deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar