Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko`chasidan o`tgan issiqlik tarmoqlari quvurida yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish ishlari olib borillayotganligi sababli Usta Shirin ko`chasining Jomiy maydoni aylanma yo`lidan Shiroq ko`chasi kesishmasigacha bo`lgan qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.
"Shu sababli xaydovchilarga aylanma yo`lllardan foydalanishlarini tavsiya etamiz. Noqulayliklar uchun uzr so`raymiz" deb yozadi Toshkent shahar hokimligi.






