AsosiyJamiyat

O`zbekistonning ayrim viloyatlarida daryo qirg`oqlari emirilishi aholi xonadonlariga xavf solmoqda

'O`zbekistonning ayrim viloyatlarida daryo qirg`oqlari emirilishi aholi xonadonlariga xavf solmoqda'ning rasmi

O`rganishlarga qaraganda, daryo va soylardan o`zboshimchalik bilan qum-shag`al qazib olinishi ko`plab muammolarga sabab bo`lmoqda. Bunday noqonuniy xatti-harakatlar tufayli suv o`zanlari chuqurlashib, oqim tezlashmoqda. O`zanlari o`zgarishi esa qirg`oqlar yuvilishi, dambalar buzilishi, ko`priklarning tayanch ustunlari emirilishiga olib kelyapti. 

Eng achinarlisi, daryo qirg`og`iga yaqin hududda yashovchi aholi xonadonlari va iqtisodiyot ob`ektlariga xavf yuzaga kelmoqda. Masalan, Andijon, Namangan, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari hududidagi 300 ga yaqin aholi xonadonlariga xavf solmoqda. Qolaversa, toshqin suvlari, sel oqimlaridan zarar ko`rgan mahalliy yo`llardagi ichki ko`priklarni ta`mirlash, qayta tiklashda ham bir qator muammolar mavjud, deb yozmoqda senator Murtazo Rahmatov.

Qo`mita majlisida aholini o`ylantirayotgan shu kabi muammolar dastlabki tarzda muhokama qilindi. Ko`rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo`mitaning tegishli qarori qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar