AsosiyJamiyat

Angrenda tajovuzkorlar ko`mir ortilgan vagonlarga yana hujum qilishmoqda

'Angrenda tajovuzkorlar ko`mir ortilgan vagonlarga yana hujum qilishmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 17 noyabr kuni usti yarim ochik 50 ta vagonlarda ko`mir maxsulotlari «Angren - Oxangaron» yo`nalishi bo`ylab harakatlangan va yo`lda «Obliq» temir yo`l bekatida 4ta vagondagi ko`mir mahsulotlari yuk qabul qiluvchi Olmaliq kon metallurgiya kombinatini Angren shaxridagi filiali bo`lganligi uchun uzib qolingan. Vagonlar uzilgandan so`ng xarakat tarkibi Oxangaron yo`nalishi bo`ylab harakatini davom ettirib ketgan. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ xabar berdi.

Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib o`tish vaqtida ko`mir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar noma`lum shaxslar vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni ko`rgan va shu erda xizmat olib borayotgan Oxangaron o`qchilik komandasi o`qchisi tomonidan vagonga chiqqan noma`lum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni to`xtatgan. Teplovoz to`xtagan vaqtda ushbu noma`lum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.  

Hozirda mazkur noma`lum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar