AsosiyJamiyat

To`raqo`rg`on IESda avariyali o`chish sodir bo`ldi

'To`raqo`rg`on IESda avariyali o`chish sodir bo`ldi'ning rasmi

To`raqo`rg`on IESda avariyali o`chish sodir bo`ldi. Bu haqda "Namangan XETK" AJ Operativ dispetchirlik xizmati boshlig`i ma`lum qildi. 

Mas`ulga ko`ra, To`raqo`rg`on tumanida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi favqulodda o`chishi natijasida O`zbekiston Respublikasi enegotizimida 750 mVt quvvat yo`qotildi. Natijada Namangan viloyatidagi 27 ta 110 kVtli tarmoqlari o`chib ketgan. Shuningdek, O`zbekiston energotizimini Qozog`iston Respublikasi orqali Rossiya Federasiya bilan bog`lovchi 500 kVAli 530-sonli tarmoq ham favqulodda o`chgan. 

Buning natijasida Namangan viloyatining ko`plab hududlarida elektr energiyasida uzilish sodir bo`lgan.

Mavzuga doir:

Energetika vazirligi elektr ta`minotidagi uzilishlarning sababini izohladi

    Boshqa yangiliklar