Maktabgacha ta`lim vazirligi xabariga ko`ra, MTTlari 2020 yil noyabr oyining oxiriga qadar ishga tushadi. Ayni vaqtda Maktabgacha ta`lim vazirligi mutaxassislari SES bilan birgalikda Xalq deputatlari Kengashidan ruxsat olishni kutayotgan MTTlari faoliyatining yo`lga qo`yilishini tezlashtirish bo`yicha ish olib bormoqdalar. Faqat SESdan ruxsat olgan MTTlargina ish boshlashi va bolalarni qabul qilishi mumkin bo`ladi.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda qurilish ishlari olib borilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, shuningdek, xodimlar orasida COVID-19 yuqtirish holatlari aniqlangan MTTlar vaqtincha ochilmaydi.
Shu munosabat bilan, Sirdaryo viloyatida yil oxiriga qadar 20 ta MTT ish faoliyati boshlanmaydi. Toshkent viloyatida 104 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti investisiya dasturi asosida olib borilayotgan ta`mirlash va joriy ta`mirlash sababli ishlamaydi. 4 ta maktabgacha ta`lim tashkiloti xolati qoniqarli bo`lmaganligi sababli, 2021 yilda ular investisiya dasturiga tavsiya etilgan (Nurafshon shahridagi 1, 23- sonli MTT, Chinoz tumanidagi 9-sonli MTT, Qibray tumanidagi 1-sonli MTT). Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi 26 ta idoraviy MTT (5%) Olmaliq tog` kon-metallurgiya kombinati va Bekobod shahridagi "O`zmetkombinat" AJning qaroriga binoan ishlamaydi. Eng kam sonli MTT ochilishi Olmaliq shahrida (18 ta MTT dan 2 tasi ishlaydi), Chirchiq shahri (29 ta MTT dan 16 tasi ishlaydi) va Piskent viloyati (17 ta MTT dan 3 tasi ishlaydi) kuzatilmoqda, (xodimlar orasida COVID-19 ga chalinish holatlari aniqlanganligi sababli).
Toshkent shahrida 80 ta MTT ta`mirlanmoqda:
Bektemir tumanida 7 ta MTT (570, 571, 572, 573, 575, 579, 580), Mirzo-Ulug`bek tumanida 1 ta MTT, Mirobod tumanida 5 ta MTT (64,174, 398, 506-joriy ta`mirlash, 482-kapital ta`mirlash);
Olmazor tumanida 11 ta MTT (91, 182, 299-joriy ta`mirlash, 102, 118, 169, 172, 248, 271-kapital ta`mirlanmoqda. 4, 67-MTT binolari avariya holatidaligi sababli yopiq);
Sergeli tumanida 15 ta MTT (40, 42, 44, 87, 292, 305, 463, 562, 565, 589, 598, 599, 605-joriy ta`mirlash, 121, 566-kapital ta`mirlash); Uchtepa tumanida 4 ta MTT (17, 401, 409-joriy ta`mirlash, 341 kapital ta`mirlash); Chilonzor tumanida 4 ta MTT (350, 406-joriy ta`mirlash, 24, 204-kapital ta`mirlash);
Shayxontoxur tumanida 7 ta MTT (3- joriy ta`mirlash, 21,75, 293, 484, 140, 461 — kapital ta`mirlash); Yunusobod tumanida 10 ta MTT (91, 173, 301, 408, 544-joriy ta`mirlash, 33, 53, 99, 206-kapital ta`mirlash, 331-MTT binosi avariya holatidaligi sababli yopiq ); Yakkasaroy tumanida 4 ta MTT (155, 249-joriy ta`mirlash, 9, 150 — kapital ta`mirlash); Yashnobod tumanida 12 ta MTT (222, 306, 308-joriy ta`mirlash, 161, 203, 240, 435, 481, 510, 596, 457, 559 kapital ta`mirlash rekonstruksiya).
Eslatib o`tamiz, ayni vaqtda mamlakatda 5 385 ta davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari (89%) ish faoliyatini olib bormoqda, MTTdagi tarbiyalanuvchi bolalar soni 691 271 nafarni tashkil etmoqda.






