Qo`qon shahri. 07 noyabr kuni fuqaro A.Qaxxor ko`chasida yashovchi A.A. IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi shkaf ichidan turmush o`rtog`i A.Sh. ismli ayolga tegishli 14 turdagi jami narxi 23.920.000 so`mlik tilla taqinchoqlarini yashirin ravishda o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni A.N. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari davomida, gumon qilinuvchi A.N. ismli ayol jabrlanuvchi A.A.ni jiyani bo`lib, bir xonadonda istiqomat qilib kelganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandiga qayta malakalangan. Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
|
21.11.2020 09:51
Farg`onada xonadondan 23.920.000 so`mlik tilla-taqinchoqlarni o`g`irlagan shaxsning kimligi fosh bo`ldi
