AsosiyJamiyat

Jizzaxda yo`llardagi muzlama sabab inson o`limi bilan bog`liq 2 ta avtohalokat sodir bo`ldi

'Jizzaxda yo`llardagi muzlama sabab inson o`limi bilan bog`liq 2 ta avtohalokat sodir bo`ldi'ning rasmi

Sharof Rashidov tumanidan o`tgan Jizzax-Qo`qon yo`nalishida inson o`limaga sabab bo`lgan YTH sodir bo`ldi. "Damas"  haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama qarshisida kelayotgan "Kamaz" yuk mashinasiga to`qnashgan. Natijada 1969 yilda tug`ilgan haydovchi halok bo`ldi. 

Jizzax viloyati IIB YHXB boshlig`ining aytishicha, yo`llar tozalangan, qumlar sepilgan bo`lishiga qaramay erigan qor usti yupqa muzlik bilan qoplangan.

Zomin tumanida ham xuddi shunday halokat sodir bo`lgan. Haydovchining yo`l qoidalariga amal qilmasligi natijasida bir inson hayotdan ko`z yumdi. 

    Boshqa yangiliklar