AsosiyJamiyat

Buxoroda tergovdan yashirinib yurgan jinoyatchi qo`lga olindi

'Buxoroda tergovdan yashirinib yurgan jinoyatchi qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro shahar Gulbahor ko`chasida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan M.H., Jinoyat kodeksining 168-modda 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilib, dastlabki tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan 14 noyabr kunidan e`tiboran qidiruv e`lon qilingan. u haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi. 

20 noyabr kuni Buxoro viloyati IIB hamda shahar IIO FMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida u viloyatning eng chekka tumanlaridan biri bo`lgan Qorako`l tumanida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo`lga olindi va viloyat IIB Probasiya va Jazoni ijro etish bo`limiga qarashli 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar