AsosiyJamiyat

Poytaxtdan Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi ayrim avtobus yo`nalishlari qisqartirildi

'Poytaxtdan Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi ayrim avtobus yo`nalishlari qisqartirildi'ning rasmi

2020 yil 22 noyabr kuni poytaxtdan Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi ayrim avtobus yo`nalishlari, shu jumladan, 48, 56, 75, 103-sonli avtobus yo`nalishlari harakati vaqtinchalik Toshkentda, ya`ni Toshkent viloyati hududiga harakatlanmagan holda qisqartiriladi. 

“Toshshahartransxizmat”i bergan e`londa buning sababini Toshkent viloyati hududidagi ayrim ko`cha-yo`l tarmoqlarini yo`lovchi transporti harakati uchun mos holga keltirish ishlari olib borilayotganligi bilan izohlangan. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat vaqtinchalik hisoblanadi va kun davomida ko`cha-yo`l tarmoqlaridagi texnik noqulayliklar bartaraf etilishi bilan yo`nalishlar o`z yo`nalishi bo`yicha harakatlanishda davom etadi.

Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarining ko`cha-yo`l tarmoqlarida harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelishi sababli, ayrim shahar avtobus yo`nalishlaridagi qatnov va oraliq interval vaqtlarining belgilangan vaqtlardan ortishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.


 

    Boshqa yangiliklar