Navoiy viloyati Xatirchi tumani Ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazorat reyd tadbiri o`tkazildi. Bu haqda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi xabar berdi.
Nazorat reyd tadbiri davomida Xatirchi tumani “Qoracha” MFY hududidan fuqarolar E.A tomonidan noqonuniy ravishda ruhsatnomasiz O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 2 dona Zarafshon qirg`ovuli ovlaganligi hamda B.T ovchining ov yullanmasi tekshirilganda hudud va sana qayt etilmaganligi aniqlandi.
Ushbu ikki holat yuzasidan fuqaro E.A. ga nisbatan 4 460 000 so`m miqdorda tabiatga etkazilgan zarar belgilanib, hujjatlar tuman Ma`muriy sudiga tayorlanmoqda. Ovchi B.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasining 1-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 115 000 so`m miqdorda jarima belgilandi.






