Bugungi kunda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishlash uchun chet elga ketishiga yordam berish, ketishidan oldin kasb-hunar va chet tillarini o`rgatish, xorijda ishlayotgan davrida huquqlarini himoya qilish va qo`llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Rossiyalik ish beruvchilar va mas`ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko`plab fuqarolarimizning Rossiya Federasiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilayotgani bunga yaqqol misoldir".
Kelishuvlarga ko`ra, Rossiya Federasiyasi “Gazprom” kompaniyasining Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi atrofidagi qator qurilishlarda ishlash uchun 182 nafar fuqaro bugungi kunda Namangan xalqaro aeroportidan charter reys orqali jo`nab ketgan.Vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketgan fuqarolarning transport, ovqatlanish, patent va yashash xarajatlari, agarda ishchi koronavirus bilan kasallansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta`minlanishi belgilangan.