AsosiyJamiyat

Toshkentning issiqlik tizimida yana bir avariya holati sodir bo`ldi, qator hududlar ta`minotdan uzildi

'Toshkentning issiqlik tizimida yana bir avariya holati sodir bo`ldi, qator hududlar ta`minotdan uzildi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumani TTZ-2 mavzesidagi qozonxonada avariya holati yuzaga keldi deya xabar bermoqda tuman hokimligi Matbuot xizmati.

Shu sababli, quyida keltirilgan manzillarda vaqtincha issiqlik ta`minoti uziladi.

* TTZ-2 mavzesi:

- Ko`p qavatli - 1, 2, 7, 8 va 9 uylar,

- 5-yotoqxona.

* Ziyoli ko`chasi:

-Ko`p qavatli - 1, 3, 5 uylar,

* Buyuk Ipak yo`li ko`chasi:

- Ko`p qavatli - 469, 471, 473, 475, 477 va 479 uylar

- 504 sonli Maktabgacha ta`lim tashkiloti,

- 248 – sonli maktab,

- 6 – sonli Oilaviy poliklinika

Avariyani bartaraf etish bo`yicha tegishli tashkilotlar ish olib borishmoqda, bugun soat 16:00da issiqlik ta`minoti aholiga etkaziladi.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`raymiz, deyiladi xabarda. 

Eslatib o`tamiz, bundan avval 20 noyabr kuni issiqlik tarmoqlari quvurida avariya yuzaga kelgani sabab Toshkentning katta qismi vaqtincha issiqlik ta`minotisiz qolgan edi. Shuningdek, 21 noyabr kuni Chilonzor tumanidagi qator mavzelar issiqlik ta`minotidan uzilgan edi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar