AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev: "Chegaralar ochilguncha xorij avtomobillarining O`zbekistonda bo`lish muddatini uzaytirish yoki chiqib ketishi uchun maxsus koridor yaratib berish kerak"

'Rasul Kusherbaev: "Chegaralar ochilguncha xorij avtomobillarining O`zbekistonda bo`lish muddatini uzaytirish yoki chiqib ketishi uchun maxsus koridor yaratib berish kerak"'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palasi deputati Rasul Kusherbaev xorijiy avtomobillarni yurtimizga olib kirish va chiqib ketish bo`yicha belgilangan boj va boshqa qat`iy cheklovlarni engillashtirish bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uning telegram kanalida qoldirgan fikrlarini quyida o`qishingiz mumkin.

"Ish va boshqa masalalar yuzasidan shu yilning mart oyiga qadar horij avtomobillarida O`zbekistonga kelgan haydovchilar karantin cheklovlari sababli O`zbekistondan chiqib keta olishmayapti.

Kamiga mutaxassislarimizning o`z vaqtida hujjatlarni puxta ishlab chiqib, Komissiya qaror qabul qilishi uchun choralar ko`rmaganliklari sababli bunday haydovchilar adolatsiz ravishda qo`shimcha to`lov qilishga majbur qilinmoqda.  

Ma`lumotlarga ko`ra, bojxona tartibi bo`yicha O`zbekiston hududida 3 oy muddatdan ko`p qolib ketgan horij avtomobillari uchun dvigatel hajmiga qarab taxminan 15-20 AQSh dollari atrofida to`lov belgilangan. Karantin sababli Maxsus komissiya qarorida horij avtomobillariga shu yilning 1 noyabr sanasigacha muddat berilib, O`zbekistondan chiqib ketishi ko`rsatilgan edi, biroq bu muddat cho`zilmadi. Avtomobil haydovchisi o`sha davlat fuqarosi bo`lmasa chiqib ketish uchun ruxsat yo`q.  

Bu holatda har bir horij avtomobiliga oyiga o`rtacha 500 AQSh dollari atrofida qo`shimcha to`lov qilishi kerak bo`larkan.

Bilamiz, bizda horij avtomobillariga qo`yilgan adolatsiz yuqori boj stavkalari sababli sifatli "inomarka" minmoqchi bo`lgan ayrimlar horijdagi yaqinlari nomiga ham avtomobillar olishga majbur bo`lishadi.  

Demak Maxsus komissiya chegaralar ochilguncha bunday avtomobillarning O`zbekistonda bo`lish muddatini uzaytirishi yoki chiqib ketish uchun maxsus koridor yaratib berishi kerak bo`ladi.  

Mutaxassis va mas`ullardan vaziyatni xolis baxolab, hal etish choralarini ko`rishlarini so`raymiz! Pul ishlaymiz, deb ko`pchilikni hafa qilib rosa "zo`r" bo`layapmiz. Hech bo`lmasa shularni hafa qilmaylik endi, deydi detutat. 

    Boshqa yangiliklar