Navoiy viloyat hokimi Qobul Tursunov viloyatdagi umumta`lim maktablarning ilmiy salohiyati, o`qitish sifati, samaradorligini o`rganib, yuqori natijalarga erishgan maktab rahbarlarini rag`batlantirishni yo`lga qo`ymoqda. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
Tahlil qilinganda, Navoiy shahridagi 18 ta maktab bitiruvchilarining oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlari 50 foizdan yuqori bo`lgan. Xususan, 1-, 4-, 7- hamda 11-sonli maktablarda mazkur ko`rsatkich 80 foizdan oshgan.
Viloyat hokimi ko`rsatkichlari namunali bo`lgan maktab direktorlariga 10 million so`mdan pul mukofoti topshirdi.






