Joriy yilning 21 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining 2-yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini qonunchilikka implementasiya qilishni davom ettirish bo`yicha yo`l xaritasi loyihasi ham muhokama etildi.
Loyihada korrupsiya xavf-xatariga eng ko`p duch keladigan davlat xizmatchilarining faoliyat sohalari va lavozimlari ro`yxatini shakllantish, xorijiy davlat mansabdor shaxslariga va xalqaro tashkilotlarining vakillariga pora berganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash, korrupsiya holatlari to`g`risida anonim xabar yo`llash va ularni ko`rib chiqish bo`yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksiga mansabdor shaxs tomonidan noqonuniy tarzda boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash, Xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan qarzlar va moliyaviy yordamlar sarfining oshkoraligini ta`minlash uchun ochiq ma`lumotlar bazasini shakllantirish masalalari ham o`rin olgan.






