Joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm shevasida so`zlayotgan bir guruh ayollar tomonidan boshqa bir ayol kishini qizlik iffati yo`qligini ro`kach qilib echintirib uyali telefoni orqali olgan videotasvir tarqaldi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Ushbu videolavhadagi holat qachon, qaerda sodir bo`lganligi va jarayon ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borildi. Olib borilgan surushtiruv jarayonida mazkur holat joriy yilning 7 oktyabr kuni Urganch shahrida sodir bo`lganligi ma`lum bo`ldi. Jarayon ishtirokchilarining shaxsi to`liq aniqlangan bo`lib, tergov manfaatlari va jabrlanuvchining shaxsiy hayot daxlsizligini ta`minlash maqsadida ishtirokchilarning ism-shariflari oshkor etilmaydi. Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda va qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida ushbu videolavhani ijtimoiy tarmoqlarda tarqatayotgan shaxslarning javobgarlik masalasi ham ko`rib chiqiladi.
|
23.11.2020 23:31
Xorazmda ayol kishini echintirib, uni tahqirlab videoga olganlar topildi
