AsosiyJamiyat

Fanlar akademiyasiga tegishli bo`lgan sayt haker hujumiga uchradi

'Fanlar akademiyasiga tegishli bo`lgan sayt haker hujumiga uchradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot instituti veb-saytiga hakerlik hujumi qilinganligi to`g`risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi (@mvdlife). Ushbu xabar bo`yicha quyidagilarni ma`lum qilamiz:

Hakerlik hujumi uyushtirilgan veb-sayt O`zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti veb-sayti bo`lib, mazkur holat Institut mas`ul xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Fanlar akademiyasi tomonidan ilmiy-tadqiqot muassasasining veb-saytini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo`yicha topshiriqlar belgilandi.

Saytga qo`yilgan bank plastik kartasi Baboev Babakulga tegishli ekanligi aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, kiberjinoyat uchun javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko`zda tutilgan.

Jumladan, ushbu kodeksning 278⁵-moddasiga ko`ra, o`zganing kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima;

2 yilgacha ozodlikni cheklash;

2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Boshqa yangiliklar