AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 116-sonli avtobus yonib ketdi

'Toshkentdagi 116-sonli avtobus yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 24 noyabr kuni soat 06:13 da Toshkent kichik halqa yo`lida, 116-sonli yo`nalishli avtobus haydovchisi ilk yo`lovchilarni olib ketish maqsadida avtoturargohdan terminal stansiyasiga qarab chiqib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB xabar berdi.

Xabarga ko`ra, voqea joyiga 4 daqiqadan so`ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv guruhlari etib kelishgan. Soat 06:26da yong`in qurshab olingan va soat 06:39da to`liq baratraf etilgan. Avtobus yonib ketishiga dvigatel bo`linmasidagi qisqa tutashuv sabab bo`lganligi tahmin qilinmoqda. Ushbu voqeada jabrlanganlar yo`q. Yong`in boshlanishidan oldin avtobus haydovchisi o`z vaqtida yo`lovchilar bo`linmasidan chiqib ketishga muvaffaq bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar