AsosiyJamiyat

Jizzaxda ham o`quvchilar sovuq kunda usti yupun tadbirga olib chiqildi. "Kattalar" esa qalin kiyimlarda

'Jizzaxda ham o`quvchilar sovuq kunda usti yupun tadbirga olib chiqildi. "Kattalar" esa qalin kiyimlarda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda shunday sovuq kunlarda usti yupun holda tashqarida tadbirda ishtirok etayotgan yana bir maktab o`quvchilarining surati tarqaldi. Suratlar Baxmal tumaniga tegishli ekani aytildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati xabariga ko`ra, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 20 noyabr kuni axborot-kutubxona markazi ochilishi bo`lib o`tgan. 

"Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar Axborot kutubxona markazida turli tillardagi eng sara asarlar kitoxonlar  uchun taqdim qilinganligi va markazda yo`lga qo`yilgan xizmatlar bilan yaqindan tanishishdi. Axborot-kutubxona markazi joriy yil davomida 1602 nomdagi 10427 nusxada badiiy adabiyotlar va darsliklar bilan boyitildi. Jami kutubxona fondi bugungi kunda 1602 nomda 10427 nusxada bo`lib, shundan lotin alifbosida 6404ta, kril alifbosida 3873 ta, rus tilida 75 ta, ingliz tilida 75 tani tashkil etadi", deyiladi tadbir yuzasidan berilgan xabarda. 

Ana shu tadbirda o`quvchilar rasmda ko`rinib turgani kabi atrofda qorlar hali erimagan, kun soquv bo`lgan bir paytda engil kiyimlarda ochiq havoda tadbirda ishtirok etishgan. Ijtimoiy tarmoq foydalaunvchilari tomonidan bolalarning usti yupunligi, biroq atrofdagi "kattalar"ning esa, aksincha, qalin kiyimlarda ekani tanqid qilingan. 

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Andijonda “Yangi O`zbekiston - Yangicha dunyoqarash” tadbirida sovuqda o`quvchilarni yupun kiyimda tashqariga chiqarilgani uchun maktab direktori va uning o`rinbosari ishdan olingan edi. 

    Boshqa yangiliklar