AsosiyJamiyat

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 17 nafar yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi

'Rossiyada qiyin ahvolda qolgan 17 nafar yurtdoshimiz O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Xalqaro migrasiya tashkiloti bilan hamkorlikda Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg shahridan 15 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolarimiz charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingani haqida xabar berilgan edi.

Ana shunday toifadagi fuqarolardan yana Ekaterinburgdan 1 nafari, Qozondan 2 nafari, Moskvadan 2 nafari, Boshqirdistondan 5 nafari, Sankt-Peterburgdan 7 nafari charter reys orqali yurtimizga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Ta`kidlash joiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, Xalqaro migrasiya tashkiloti va mamlakatimizning Moskva shahridagi elchixonasi ko`magida olib kelinayotgan yurtdoshlarimiz asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo`qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

    Boshqa yangiliklar