AsosiyJamiyat

Jizzaxda sovuqda o`quvchilarni yupun kiyimda tashqariga chiqarib, tadbir tashkillashtirganlar ishdan bo`shatilmadi

'Jizzaxda sovuqda o`quvchilarni yupun kiyimda tashqariga chiqarib, tadbir tashkillashtirganlar ishdan bo`shatilmadi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda shunday sovuq kunlarda usti yupun holda tashqarida tadbirda ishtirok etayotgan yana bir maktab o`quvchilarining tarqalgan surati keskin noroziliklarga sabab bo`lgach, holatga Baxmal tumani hokimligi e`tibor qaratishga majbur bo`ldi.

Izohda aytilishicha, 20 noyabr kuni Axborot-kutubxona markazi ochilish marosimiga kelgan Baxmal tumani hokimi tashkilotchilarning yosh bolalarni sovuq kunda yupun kiyinganligini tadbirga tashrif buyurganidan keyin ko`rgan. 

Ma`lum qilinishicha, havoning sovuqligi bois ochilish marosimi tashqarida taxminan 5-6 daqiqa davom etgan, xolos.  

Tadbir yakunlangach, hokim tadbir tashkilotchilariga kichik yig`ilish o`tkazib,  tadbirning tashkiliy qismi nega aynan binoning ichida o`tkazilmaganligi yuzasidan keskin munosabat bildirgan.  

Ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilgan e`tirozlar yuzasidan sur`atdagi o`quvchilar va ularning ota-onalari bilan ham suhbat o`tkazilgan. Ular mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli e`tirozlari yo`q ekanligini bildirishgan.    

Tadbir tashkilotchilariga bundan keyin har qanday tadbirlarni o`tkazishda yanada mas`uliyatli va e`tiborli bo`lishlari yuzasidan ogohlantirish berilgan.  

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Andijonda “Yangi O`zbekiston - Yangicha dunyoqarash” tadbirida sovuqda o`quvchilarni yupun kiyimda tashqariga chiqarilgani uchun maktab direktori va uning o`rinbosari ishdan olingan edi. 

    Boshqa yangiliklar