AsosiyJamiyat

Zangiota tumanida suv ta`minotiga noqonuniy ulanganlarni katta jarimaga tortmaslik evaziga pul so`ragan muhandis ushlandi

'Zangiota tumanida suv ta`minotiga noqonuniy ulanganlarni katta jarimaga tortmaslik evaziga pul so`ragan muhandis ushlandi'ning rasmi

“O`zsuvta`minot” AJ ta`sischiligidagi “Musaffo obi hayot” MChJ (davlat ulushi mavjud korxona) bosh muhandisi R.N., Zangiota tumani Beruniy ko`chasidagi 12 ta xonadonni noqonuniy suv ta`minotiga ulanganligi bo`yicha katta miqdorda jarimaga tortmaslik va ushbu noqonuniy ulanishlarni qonuniy tartibda hujjatlashtirib berish evaziga fuqaro X.X.dan 8 mln so`m pora talab qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Avval kelishilgan puldan 100 AQSh dollarini, keyinchalik qolgan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar