AsosiyJamiyat

Toshkent–Andijon, Toshkent–Termiz va Samarqand–Nukus xalqaro yo`llari yoqasida savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlari tashkil etiladi

'Toshkent–Andijon, Toshkent–Termiz va Samarqand–Nukus xalqaro yo`llari yoqasida savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlari tashkil etiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tgan videoselektor yig`ilishida hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Ta`kidlanishicha, xizmatlar iqtisodiyotning muhim qismi. Dunyoda servis sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o`rtacha 61 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizda bu ko`rsatkich 36 foizdir. Lekin 86 foiz qo`shilgan qiymat shu sohada yaratiladi.

Qoraqalpog`iston, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryoda aholi jon boshiga xizmatlar hajmi mamlakatimizdagi o`rtacha ko`rsatkichdan 2 barobar past.

Yig`ilishda bu sohada zaxiralar ko`pligi ta`kidlanib, hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish kelgusi yilgi ustuvor yo`nalish etib belgilandi.

Avvalo, yo`l bo`yi infratuzilmasini yaxshilash orqali 700 milliard so`mlik qo`shimcha xizmatlar yaratish imkoni borligi ta`kidlandi. Jumladan, 150 dan ortiq tuman va shahardan o`tadigan 10 ming kilometr yo`lda 400 dan ziyod yirik servis ob`ektlari uchun ehtiyoj mavjud.

Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga Toshkent–Andijon, Toshkent–Termiz hamda Samarqand–Nukus xalqaro yo`llari yoqasida savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlari tashkil etish, yangi ish o`rinlarini ko`paytirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar