Fuqarolik ishlari bo`yicha Shayhontohur tumanlararo sudining.2020 yilning 02 sentyabrdagi ijro varaqasiga ko`ra, qarzdor ota S.Pulatovdan voyaga etmagan farzandini onasi D.Pulatova tarbiyasiga olib berish to`g`risidagi ijro hujjati bo`lim ish yurituviga 13.11.2020 yilib tushgan va shu kunning o`zida ijro ishi qo`zg`atilib, qarzdorga 3 kunlik ixtiyoriy muddat berilib, qarzdor otadan majburiyatnoma olingan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Darakchiga xabar berdi.
Majburiy ijro harakatlari davomida 16 noyabrda, voyaga etmagan farzandini undiruvchi D.Pulatovaning qaramog`iga olib berilib, mazkur ijro hujjati O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda ijro etilgan.