Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokida bo`lgan yo`l-transport hodisa yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yo`nalishda harakatlanayotgan, 18-Avtobus saroyi tasarrufidagi, davlat raqami 01 467 UAA bo`lgan, "ISUZU" rusumli avtobus Beshqayrag`och ko`chasi bo`ylab, Kichik halqa yo`li tomon boshqarib ketish chog`ida, Uch-tepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yog`ochga kelib urilgan.
Natijada, haydovchi hamda 4 nafar yo`lovchi tan jarohati olgan, shundan so`ng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga etkazilib, tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" Aksiyadorlik jamiyatining Yo`lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda.






