AsosiyJamiyat

Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi

'Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi'ning rasmi

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta`limi bosh boshqarmasi boshlig`i - Toshkent shahar hokimining ta`lim va tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.  Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Ma`lumot o`rnida:

Kozimjon Hasanov 1997 yilda O`zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Hozirga qadar qator mas`ul lavozimlarda ishlagan.

"Kun.uz"ga ko`ra, Kozimjon Hasanov shu vaqtga qadar Artel Technical School xususiy maktabi direktori lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar