Bugun, 25 noyabr kuni soat 03:25da Andijon viloyati Buloqboshi tumani “Ismoiliy” mahallasida joylashgan “T.Rajabov” nomli oshxonada yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Qisqa vaqt ichida voqea joyiga etib kelgan FVVning 4 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 03:35da yong`inni o`rab olib, soat 04:15da yong`inni to`liq bartaraf etdilar.
Ma`lumot uchun, holat yuz bergan joydan Yong`in o`chirish qismigacha bo`lgan masofa tahminan 4 km.ni tashkil etadi.
Yong`in natijasida oshxonaning 130 kv.m. maydonda shift, tom va maishiy xizmat buyumlari yonib zararlanlan. Yong`in sababi va moddiy zarari miqdori aniqlanmoqda. Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo`lganlar yo`q, deyiladi FVV xabarida.






