"Uzbekistan airways" aviakompaniyasi 2020 yil 1, 8 va 15 dekabrda Krasnodardan Toshkentga charter qatnov amalga oshirilishi to`g`risida xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, jadval va aviachiptalar narxi bilan aviakompaniyaning saytida tanishish mumkin.
Ta`kidlanishicha, Rossiya Federasiyasining shaharlaridan O`zbekistonga havo qatnoviga PZR tekshiruvidan o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani (qatnov jo`nashidan oldin kamida 72 soatdan ko`p bo`lmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning parvozlariga qo`yilmaydi.
"Aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki mintaqangizdagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin", deyiladi xabarda.






